08:37 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
98 0 0

Yoʻlovchilar metro stantsiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qoʻlqoplarni olishlari mumkin.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Toshkent shahar jamoat transportida yoʻlovchilarga qoʻlqop bepul taqdim etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yoʻlovchilariga qoʻlqoplar bepul taqdim etiladi.

Yoʻlovchilar metro stantsiyalariga kirishda,  avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qoʻlqoplarni olishlari mumkin.

“Toshkent shahar jamoat transportida yoʻlovchilarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlish tartibining joriy etilishidan yagona maqsad fuqarolar salomatligini asrashdir”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 19 oktyabrdan jamoat transportida yoʻlovchilarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlish tartibi joriy etiladi.

Asosiy mavzular