OTMlar qachon an’anaviy ta’limga qaytadi?

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRossiyskiy universitet drujbi narodov (RUDN)
Rossiyskiy universitet drujbi narodov (RUDN) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim tizimida an’anaviy darslarga qaytishda, avvalo, talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarni tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, muhokamalarda oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyatlari masalasi ham ko‘rib chiqildi hamda OTM rektorlariga bu bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.

Zdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston OTMlarining milliy reytingi e’lon qilindi

Jumladan, oliy ta’lim tizimida an’anaviy darslarga qaytishda, avvalo, talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, OTM tomonidan muassasa imkoniyatlari tahlil qilinadi, sanitariya-epidemiologiya talablari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, talabalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasdan talabalar turar joylari faoliyatini tiklash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Bu borada yakuniy qaror oliy ta’lim muassasalari kengashi tomonidan talabalar, ularning ota-onalari takliflarini inobatga olgan holda sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli xulosasi asosida qabul qilinadi.

“So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra hamda OTM imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim shakliga ruxsat etiladi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0