22:05 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
879 0 0

Mutaxassislarning aniqlashicha, COVID-19 aniqlangan qator bemorlar bunga qadar tinnitus – quloqlardagi shovqin va jaranglashdan shikoyat qilishgan.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Eshitish qobiliyatining oʻzgarishi koronavirus yuqtirib olganlikdan darak berishi mumkin. Bu haqda “Express” nashri London universiteti kolleji va Qirollik milliy qoʻmitasi olimlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Mutaxassislarning aniqlashicha, COVID-19 aniqlangan qator bemorlar bunga qadar tinnitus – quloqlardagi shovqin va jaranglashdan shikoyat qilishgan. Bundan tashqari, koronavirusning ogʻir shakli bilan kasallanib tuzalib ketgan bemorlarda bu alomat keyinchalik eshitish qobiliyatining toʻliq yoʻqolishiga olib kelgan.

Shu munosabat bilan olimlar shifokorlarni bemorlarning har qanday eshitish qobiliyati oʻzgarishiga eʼtibor qaratishga chaqirishgan.

Shu bilan birga olimlar tinnitus boshqa kasalliklarning ham belgisi boʻlishi mumkinligini taʼkidlashgan. Agar kishi aynan koronavirus bilan kasallangan boʻlsa, hoynahoy, eshitish qobiliyati buzilishi boshqa, koʻp tarqalgan alomatlar bilan kechishi mumkin.

Asosiy mavzular