17:55 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
42902

Bir kunning oʻzida viloyatda videofotofiksatsiya vositalari orqali niqob taqish tartibiga amal qilmagan 156 nafar fuqarolar aniqlandi.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Fargʻona viloyatida 17 oktyabr kuni videofotofiksatsiya vositalari orqali niqob taqish tartibiga amal qilmagan 156 nafar fuqarolar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

“17 oktyabr kuni niqobli tartibga amal qilmagan 156 nafar shaxslarning foto-video suratlari olinib, tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi”, - deyilgan xabarda.

Niqobsiz fuqarolarning shaxsi maxsus bazada aniqlanib, IIO va Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Ushbu bayonnomani esa fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 17 oktyabrdan respublikada birinchi marta Fargʻonada jamoat joylarida niqobsiz harakatlangan fuqarolarni kameralar orqali aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular