07:03 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)
119 0 0

Oʻzbekistonning 10 ta hududida yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Eng koʻp holat Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida qayd etilgan.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 63 430 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

© Sputnik / Migel Kandela

Yangi kasallanganlarning 30 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 529 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 60 401 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2 500 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)

Asosiy mavzular