06:23 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
526 0 0

Sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 63 523 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 62 588  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 77 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 203 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 60 604 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 388 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 531 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Zangiotadagi shifoxonada vafot etganlarni yaqinlariga berish tartibi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etganlarning jasadi berilishini qarindoshlari muassasa eshigi oldida uzoq vaqt kutib qolayotgani toʻgʻrisida video va matnli axborotlar tarqalmoqda. Bu holat boʻyicha Respublika patologik anatomiya markazi direktori, SSV bosh patologoanatomi, professor Rajabboy Israilov quyidagicha izoh beradi:

— Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab patologik anatomiya boʻlimi faoliyati tashkil etildi. Endilikda, ortiqcha ovoragarchiliklariga yoʻl qoʻymaslik, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shifoxonada vafot etganlarning mayitini qarindoshlari ushbu boʻlimdan olib ketishlari mumkin. Bundan avval mayit Respublika patologik anatomiya markaziga olib borilardi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 martdagi “Koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha vaqtincha qoidalar”ga asosan, oʻlim sodir boʻlgan boʻlimda 2 soat saqlanib, shundan soʻnggina patologik anatomiya boʻlimiga olib kelinadi. Keyin murda roʻyxatdan oʻtkazilib, 3 foizli xlorli eritmada zarasizlantiriladi, murdaning diniy eʼtiqodiga koʻra, yuvilib (kafanlanib yoki kiyintirib) qarishdoshlariga topshiriladi. Tabiiyki, bu amaliyotlar oʻtkazilishi uchun oʻrtacha 3-4 soat vaqt talab etiladi. Bu vaqtda qarindoshlar muassasa eshigi tagida kutib qolmoqda.

Shuningdek, tarqatilayotgan video, matnli xabarlarda “Koronavirusdan vafot etgan murdalarni olib ketishda navbat kutuvchilar shuncha boʻlsa, ularning sonini statistika nega kam beryapti?” degan mulohaza ham mavjud.

Patologik anatomiya boʻlimi eshigi oldida kutib turgan odamlarning koʻpligining sababi aslida bir nafar murdani olib ketish uchun kamida 4 nafar qarindoshi keladi, bu esa oʻz-oʻzidan fuqarolarni vahimaga tushishiga sababchi boʻlmoqda. Qayd etish joizki, statistika maʼlumotlarini soxtalashtirishdan hech kim manfaatdor emas.

Maʼlumki, Zangiota tumanidagi yuqumlik asalliklar shifoxonasida nafaqat koronavirus bilan kasallanganlar, balki boshqa turdagi oʻtkir infektsiya va pnevmoniya bilan ogʻrigan bemorlar ham davolanmoqda. Koronavirusdan vafot etganlar statistikasida faqat “COVID-19” diagnozi virusologik tekshiruvda tasdiqlanganlar soni beriladi, lekin bu shifoxonada pnevmoniya va boshqa infektsion kasalliklardan ham vafot etayotganlar bor. Tabiiyki, ular koronavirus statistikasiga kiritilmaydi.

Shuningdek, ushbu shifoxonadagi patologoanatomik boʻlimi yanada takomillashtirilib, kechki navbatchilikni ham tashkil qilish va tungi vaqtlarda mayitni qarindoshlariga topshirish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.

Zangiota shifoxonasi atrofida tobut tashiydigan mashinalar narxlarni 700 mingdan boshlab koʻtarib yuborgan” degan xabarlarga esa, quyidagicha izoh berish mumkin. Jasadlarni yetkazib berish Sogʻliqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi zimmasida emas. Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi darvozasi oldida dafn etish marosimini tashkil qiluvchi xususiy tashkilotlar jasadni tashib berishni taklif qilishmoqda. Ularning oʻz xizmatlari uchun belgilagan narxlarini nazorat qilish Sogʻliqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi vakolatiga kirmaydi, — deydi Rajabboy Israilov.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 40,3 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 30,1 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (8,4 mln), Hindistonda (7,6 mln), Braziliyada (5,2 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Asosiy mavzular