16:25 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
129 0 0

Tun davomida respublikaning 11 ta hududida yana 130 kishida koronavirus tasdiqlandi. Ikki kishi esa vafot etdi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 130 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 63 737 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 20 nafari Namangan viloyatida, 16 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 10 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Fargʻona viloyatida, 5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 533 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 60 717 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan.

Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular