16:09 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
138 0 0

2021 yilgi davlat byudjetida ijtimoiy xarajatlar miqdori 15%ga oshirilgan. Ushbu mablagʻlar aynan qaysi sohalarga yoʻnaltiriladi?

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Oʻzbkekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 19 oktyabr kuni 2021 yil davlat byudjeti muhokamasi boʻlib oʻtdi. 

Ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablagʻlar midori 15 %ga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda quyidagi xarajatlarni oshirish rejalashtirilgan:

  • maktabgacha taʼlim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish maqsad qilingan. Xalq taʼlim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash boʻyicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard soʻm, jihozlashga 200 milliard soʻm yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda.
  • innovatsion rivojlantirish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga byudjetdan 2 baravar koʻp mablagʻ yoki 100 milliard soʻm ajratiladi.
  • sogʻliqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion soʻm, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion soʻm hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion soʻm belgilanishi koʻzda tutilgan.
  • onkogematologiyaga - ilk bora qariyb 90 milliard soʻm ajratilmoqda. Bunda tamaki savdosidan olingan aktsiz soligʻining 7 % ushbu kasalliklarni davolash jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. 
  • gemodializga muhtoj kasallarga kelgusi yilda ilk bor tibbiy xizmatlar koʻrsatish qamrovini 100 % yetkazish uchun 130 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
  • kambagʻallikni qisqartirish - maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni joriy yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi. 
  • tadbirkorlik dasturlari doirasida 3 trillion soʻmdan ortiq subsidiyalar berilishi moʻljallanmoqda.
  • bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hamda Jamoat ishlari jamgʻarmasiga 250 milliard soʻmdan mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgan. 
  • chin yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash uchun byudjetdan birinchi marotaba 30 milliard soʻm ajratilishi belgilangan. Mutasaddilarga bu borada yangi tartib va roʻyxatlar ishlab chiqish topshirildi.

Byudjetni shakllantirishda mahalliy kengashlar vakolatlarini yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi. Hududlar oʻzi uchun qoʻshimcha rezervlarni aniqlashi, ularning hisobiga joylardagi muammolarni hal qilishga oʻrganishlari maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.

Asosiy mavzular