16:03 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
30 0 0

Bugungi kunda “Elektron poliklinika” axborot tizimiga Toshkent shahri va viloyatlardagi koʻplab oilaviy poliklinikalar ulangan.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda fuqarolar shifokor qabuliga onlayn yozilishlari mumkin.

Fuqarolar uchun reg.ssv.uz sayti orqali shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati paydo boʻldi.

“Elektron poliklinika” tizimi Sogʻliqni saqlash vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu tizim yordamida fuqarolar oʻzlari uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holda shifokor qabuliga yozilishlari, shifokor va muassasa haqida maʼlumotlar olishlari, shuningdek, olingan tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari mumkin boʻladi.

Bugungi kunda “Elektron poliklinika” axborot tizimiga Toshkent shahri va viloyatlardagi koʻplab oilaviy poliklinikalar ulangan. Butun respublika hududi boʻylab poliklinikalarni tizimga ulash ishlari davom ettirib kelinmoqda.

Asosiy mavzular