YHXBB 16 yoshdan mashina haydashga ruxsat berish taklifiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudnik GAI s jezlom
Sotrudnik GAI s jezlom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, 16 yoshli bolalarda hali “Men” degan fikr so‘nmagan bo‘lishi, do‘stlariga avtomobilini maqtanish uchun yo‘l harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkin. Bu esa fojiali oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. IIV YHXBB “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan “O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqidagi” taklif yuzasidan munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda haydovchilik guvohnomasi olish uchun bir qancha talablar belgilangan. Tasdiqlangan nizomda “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 16 yoshga, “V” va “VS” toifaga ega bo‘lish uchun 18 yoshga hamda “D” toifaga ega bo‘lish uchun esa 21 yoshga (jumladan tramvay va trolleybuslar) to‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.

O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda 1293 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Ushbu normalar qaror loyihalari ishlab chiqilish jarayonida xorijiy davlatlarning tajribalari o‘rganilib kiritilgan va bu talablar Yo‘l harakati to‘g‘risidagi (1968 yildagi Vena Konvensiyasi) Konvensiya normalariga mosdir.

YHXBB taklif yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilgan:

  • 16 yoshli bola hali maktab yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchisidir. Aynan ushbu yoshdagi bolalar o‘qishini davom ettirishi, boshqa ishlar bilan chalg‘imasligi, jamiyat uchun foyda keltiradigan bilimli insonlar bo‘lib ulg‘ayishlari zarur.
  • 16 yoshli bolalarda tirishqoqlik, izlanuvchanlik bilan birga maqtanchoqlik, oliftalik kabi hislatlar ham eng avjiga chiqqan vaqt hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarning transport vositasini o‘zboshimchalik bilan boshqarishi salbiy oqibatlar bilan yakun topganligi holatlari uchramoqda.
  • 16 yoshli bolalarda hali “Men” degan fikr so‘nmagan bo‘lishi, maqtanishni, “oliftalikni” yaxshi ko‘rishi, buning oqibatida esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik, mensimaslik yoki qasddan tengdoshlariga, do‘stlariga avtomobilini maqtanish uchun yo‘l harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkin. Bu esa fojiali oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, boshqarma mamlakat avtomobil yo‘llarida 18 yoshga to‘lgan o‘g‘il-qizlar tomonidan haydovchilik guvohnomasini olib, YTH sodir qilayotganlar ham kam emasligini qayd etgan.

Rasmiy raqamlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida haydovchilik guvohnomasini olganiga 2-yil bo‘lmagan haydovchilar tomonidan 612 ta YTH sodir etilgan. Ularning oqibatida 191 kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumgan, yana 571 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

“Yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda haydovchining yo‘l harakati qoidalarini o‘zlashtirganligi, tajribasi, yoshi va madaniyati juda muhim o‘rin tutadi”, - deyilgan xabarda.

YHXBB 16 yoshdan haydovchilik guvohnomasini berish tartibi joriy qilingan xorijiy davlatlar o‘rganib chiqilganini ma’lum qilgan.

Jizzaxda sinfdosh qizlarni mashinada sayr qildirmoqchi bo‘lgan o‘quvchi YTHga uchradi

Misol uchun: Shvetsiya, Fransiya, Avstriya, Estoniya, Norvegiya va ayrim Yevropa davlatlarida xuddi bizning normativ hujjatlarda belgilanganidek 16 yoshda uncha katta bo‘lmagan motosikllarni, 18 yoshda avtotransport vositasini boshqarishga ruxsat etiladi.

Yangiliklar lentasi
0