05:59 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
552 0 0

Sutka davomida 223 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 64 439 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 223 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 64 439   nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 84 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Andijon viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 235 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 61 658 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 241 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

Passajirы na platforme Kurskogo vokzala v Moskve
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

Oʻzbekistonda jami 540 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Toshkent-Tokio

“Uzbekistan Airways” AJ 2-3-noyabr kunlari Toshkent-Tokio-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar amalga oshirilishi haqida maʼlum qildi. Aviachiptalarni “Uzbekistan airways sales” filialidan, aviakompaniyaning saytidan, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning sotuvlar boʻyicha agentlari ofislaridan sotib olish mumkin.

Poyezd qatnovi

Rossiyadan 8 mingdan ziyod oʻzbekistonlikni olib kelish uchun qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Qatnovlar vaqti va sanasi haqida batafsil quyida.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 41,5 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 30,9 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (8,6 mln), Hindistonda (7,7 mln), Braziliyada (5,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Asosiy mavzular