14:27 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
50520

Bir necha kun oldin mojaro uyushtirgan Uzbekistan GTL kompaniyasi ishchilari aslida uzoq vaxta tartibi hamda sifatsiz ovqatdan norozi boʻlishgan.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Energetika vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qashqadaryo viloyati hokimi, “Oʻzbekneftgaz” AJ vakillari Qashqadaryo viloyatida joylashgan GTL kompaniyasi ishchilari bilan uchrashib ularning talablarini tinglashdi.

Vstrecha s rabochimi kompanii ETER Engeneering

Eslatib oʻtamiz, 21 oktyabr kuni ushbu kompaniya ishchilari tomonidan mojaro sodir etilgan, norozilik belgisi sifatida ofislarining oynalini sindirib, kompaniya mulkiga zarar yetkazishgan edi.

Ishchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum boʻlishicha, ular birinchi navbatda karantin sharoitida 40-45 kun obʼyektdan chiqmay ishlash tartibi oʻrnatilganidan norozi boʻlishgan.

Ikkinchidan, ishchilar oshxonadagi uzun navbat va ovqat sifatidan ham norozi boʻlishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytib oʻtilgan oylik maoshlarigtgsh oʻz vaqtida toʻlash muammosi – oʻz tasdigʻini topmadi. Ishchilar maoshlar oʻz vaqtida toʻlanayotganini tasdiqlashdi.

Ishchilar “ENTER Engineering” kompaniyasi rahbariyati, viloyat hokimiyati va boshqa tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildirishdi.

 – Bu uchrashuv tufayli biz ilk bor ilgari hech koʻrmagan loyiha va kompaniya kasaba uyushmasi rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashdik, - deb qayd etishdi oddiy ishchilar.

Uchrashuv yakunida Qashqadaryo viloyati hokimi sanitariya va epidemiologiya choralariga rioya qilgan hamda va PTSR tahlilini oʻz vaqtida topshirgan - qatʼiy karantin choralarining bekor qilinishi maʼqullandi.

Shuningdek, korxonada yigʻilib qolgan noroziliklarni oʻrganish va hal etish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ularning tarkibiga hokimiyat va boshqaruvchi kompaniya, energetika vazirligi, vazirligi va Oʻzbekneftgaz vakillari kiritishga kelishib olindi.

Vstrecha s rabochimi kompanii ETER Engeneering

Asosiy mavzular