06:01 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
171 0 0

Toshkent va Dushanbe orasida parvozlar yaqin orada tiklanishi mumkin - ayni damda ikki davlat taaluqli muassasalari bu borada muzokaralar oʻtkazmoqda.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlari Toshkent va Dushanbe orasida doimiy parvozlarni yoʻlga qoʻyish haqida kelishib olishdi. Bu haqida Transport vazirligiga asosan Sputnik muxbiri xabar bermoqda.  

"Hozircha parvozlar boshlanish aniq sanasi hamda ikki poytaxt orasida qatnovlar soni maʼlum emas. Ayni damda ushbu masala muhokama qilinmoqda", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, Toshkent va Dushanbe orasida parvozlar pandemiya tufayli 16 mart kuni bekor qilingan edi. 1 oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston chegaralari orqali barcha transport turlarida kirishga ruxsat berildi. 

Uzbekistan Airways kompaniyasi talabiga binoan, parvozga faqat manfiy natijali PZR test topshirgan yoʻlovchilar qoʻyiladi. Test parvoz vaqtida 72 soatdan uzoq boʻlmagan vaqt ichida topshirilgan boʻlishi kerak.

Asosiy mavzular