07:03 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
128920

Joriy yilning iyun oylarida mashhur sanʼatkorning samarqandlik voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkanligi boʻyicha xabar tarqaldi. Kattaqoʻrgʻon tumani IIB esa mazkur holatda jinoyat alomatlari boʻlmagan, deb ishni bosdi-bosdi qilishga uringan.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Respublika bosh prokuraturasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB Tergov boʻlimining jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinib, ish qoʻshimcha oʻrganish uchun qaytarilgan. Hozirda tergovni Samarqand viloyat IIB Tergov boshqarmasi olib bormoqda.

Aslida voqea qanday sodir boʻlgan?

Maʼlum qilinishicha, zoʻrlanganligi aytilayotgan qiz Samarqanddagi litseylarning birida tahsil oladi. U oʻzi bilan birga oʻqiydigan kattaqoʻrgʻonlik dugonasidan estrada xonandasi J.U.ni shaxsan tanishi, uning oʻzlariga yaqin hududda tugʻilgani va oilaviy bazmlarga kelib turishi haqida eshitgan. Xonandaning ijodiga befarq boʻlmaganligi sababli, SH. u bilan yaqindan tanishishga qiziqib qolgan va dugonasi D. yordamida u bilan konferenaloqa telefon orqali suhbatlashgan.

Xonanda qizni mashinasiga mindirib, boshqa bir hovliga olib borgan... 

Konferrents aloqa orqali tanishib olishgach, xonanda qizni Kattaqoʻrgʻonga taklif qilgan. Suhbatning ertasiga qiz avval dugonasi bilan gaplashib olib, dugonasi uni tumanda kutib turishga, soʻng birgalikda opasinikiga borishlariga kelishishgan. Ammo xonanda qizlarni koʻcha boshida oq “Lasetti” mashinasiga mindirib, boshqa hovliga olib borgan. U yerda uy egasidan tashqari yanna ikki kishi boʻlgan. Xonanda SH.ga konyakka oʻxshash ichimlik quyib berib, ichishga majburlagan. Qiz ichimlikni ichgach, xonanda uni “Sizda gapim bor” deya boshqa xonaga olib oʻtgan, “dugonasi qiz bola emasligini aytgani” haqida shaʼma qilib, qizga tegajoqlik qilgan. Qiz bokira ekanligini aytib, qarshilik koʻrsatsada, xonanda kuch ishlatib, uning nomusiga teggan...

"Shotirlar"i qizga pichoq oʻqtalishib, uni oʻldirishlari bilan qoʻrqitishgan...

Jinsiy va ruhiy zoʻravonlikka uchragan SH. boʻlib oʻtgan voqeadan soʻng shokka tushib dodlagan, qorongʻida koʻchaga chiqib ketgan. Xonandaning sheriklari esa uni tutib olib, mashinaga oʻtqizishgan, uni qabriston oldiga olib borib, pichoq oʻqtalishgan. Qizning qoʻrquv holatidaligini oʻzgacha qabul qilgan “shotirlar” uni yana oʻsha hovliga qaytarib olib kelishgan. Xonanda SH.ga «Sen qiz bola chiqmading», deya u bilan yana bir marta jinsiy aloqada boʻlgan. Biror  soatlardan soʻng esa qizlar SH.ning dugonasi uyiga tashlab ketilgan...

Qilgʻilikni qilib, uylanishdan bosh tortmoqda!

Qizning holatidan xabar topgan yaqinlari avvaliga andisha qilishgan va bir oz vaqtdan soʻng xonandaning uyiga borib, boʻlib oʻtgan voqea haqida uning oila aʼzolariga maʼlum qilishgan, imi-jimida oila qurib xonandaning SH.ga uylanishini soʻrashgan. Avvaliga qizning oʻzini ayblagan xonandaning oila aʼzolari, soʻng “J.U.ning betayinligi, u bilan qizlari baxtli boʻlolmasligi”ni aytishgan va uylanish taklifini rad etishgan...

Surishtiruv organi jinoyatni yashirishdan qanday manfaatdor edi?

15 iyun kuni holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman IIBga murojaat qilingach, bu boʻyicha surishtiruv oʻtkazishga kirishilgan. Ammo bir ozdan soʻng Samarqand viloyat IIB tomonidan “holat yuzasidan J.U.  va sheriklarining harakatlarida jinoyat alomatlari yoʻqligi, shu sababli JPKning 36-moddasi, 83-moddasi 2-bandini qoʻllab, toʻplangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish” haqida qaror qabul qilingan.

Nomaʼlum sabablarga koʻra dastlabki IIB tekshiruvi shu tarzda asossiz tugatilgach, prokuratura aralashib, ish xujjatlari qoʻshimcha tekshirishga  yuborilgan. Shundan soʻng IIB tomonidan oʻtkazilgan qoʻshimcha tekshiruv ishlari yakuni asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“Vaziyatni prokuratura nazoratga olgach, Kattaqoʻrgʻon tumaniga borib, hodisa sodir boʻlgan uy IIB vakillari hamrohligida oʻrganildi. 10 oktyabr kuni jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Shundan soʻng tergovga chaqirishdi. Tergovga J.U. ham chaqirilgandi, ammo oʻsha voqea sodir boʻlgan kunda xonandaning yonida turgan ikki sherigi keldi, xolos. Istardikki, bu safar tergov bir tomonlama boʻlib qolmaydi, xolislik taʼminlanadi”, – deydi qizning otasi.

Asosiy mavzular