22:50 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
679 0 0

Sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 64 724 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 64 724 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 80 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Fargʻona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 223 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 61 957 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 225 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 542 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Takroran yuqtirib olish

Oʻzbekistonda COVID-19ni takroran yuqtirib olish holatlari mavjud, deb maʼlum qildi SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva.

“COVID-19 – bu yangi infektsiya. Organizmda bu virusga qarshi antitanacha ishlab chiqariladi. Ammo antitanachalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Hozirgi kunda bu muammo oʻrganilib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin boʻlishimiz lozim”, – dedi shtab aʼzosi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 41,9 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 31,2 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (8,7 mln), Hindistonda (7,8 mln), Braziliyada (5,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular