06:10 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
533 0 0

Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1 009,3 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan koʻp boʻlgan viloyatlar qatoriga kirdi.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda millioner viloyatlar soni yana bittaga koʻpaydi.

1 oktyabr holatiga koʻra, Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1 009,3 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan koʻp boʻlgan viloyatlar qatoriga kirdi.

Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni esa 856,9 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan kam yagona viloyat boʻlib qolmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, doimiy aholi sonining hududlar boʻyicha taqsimlanishi: Samarqand viloyati – 3928,7 ming kishi; Fargʻona viloyati – 3802,7 ming kishi; Qashqadaryo viloyati – 3318,0 ming kishi; Andijon viloyati – 3172,1 ming kishi; Toshkent viloyati – 2977,8 ming kishi; Namangan viloyati – 2852,3 ming kishi; Surxondaryo viloyati – 2667,3 ming kishi; Toshkent shahri – 2654,6 ming kishi; Buxoro viloyati – 1939,6 ming kishi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1916,1 ming kishi; Xorazm viloyati – 1884,1 ming kishi; Jizzax viloyati – 1403,2 ming kishi; Navoiy viloyati – 1009,3 ming kishi; Sirdaryo viloyati – 856,9 ming kishi.

Asosiy mavzular