06:22 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
642 0 0

Haj mavsumida Oʻzbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etilgan. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha fikr almashilgan.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga qassobchilik uchun joʻnatilishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan xabar berishlaricha, agentlik, Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirokida onlayn muloqot boʻlib oʻtgan.

Uchrashuvda Haj mavsumida Oʻzbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etilgan. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha fikr almashilgan.

Yaqin vaqt ichida fuqarolarni Saudiya Arabistonida qassobchilik bilan shugʻullanishga jalb qilish boʻyicha Oʻzbekistondagi mavjud imkoniyatlar oʻrganiladi. Nomzodlarning shariat asosida Haj mavsumida qurbonlik uchun hayvonni soʻyish tajribasi, arab yoki ingliz tilini bilish darajasi eʼtiborga olinadi, fuqarolarni bu sohaga tayyorlash imkoniyatlari oʻrganiladi.

Asosiy mavzular