06:20 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
169 0 0

Ayni vaqtda Bulungʻur tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Bulungʻur tumani Kengashining oʻn beshinchi sessiyasi oʻz ishini boshladi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Bulungʻurda Xalq deputatlari Bulungʻur tumani Kengashi oziq-ovqat narxini ushlab turish uchun koʻrilayotgan choralar koʻrib chiqildi.

Sessiyada tuman hokimi Baxodir Baxramov, Oliy Majlis senati aʼzosi Farxod Boqiyev, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Baxtiyor Abdullayev, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida 4 ta masala koʻrib chiqilishi tasdiqlab olindi.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masalaga muvofiq, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 oktyabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Bulungʻur tumanida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” Bulungʻur tuman hokimining qarori qabul qilindi.

Tuman aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan 6 oylik talabini tibbiyot meʼyorlari boʻyicha oyma-oy hisoblab chiqildi.

Goʻshtga 3 ming 968 tonna talab boʻlsa ishlab chiqarish 6 ming 77 tonna, talabga nisbatan 1 ming 54 tonna koʻp ishlab chiqariladi.

Jumladan, mol goʻshtiga 1 ming 761 tonna talab boʻlsa ishlab chiqarish 2 ming 431 tonna, talabga nisbatan 670 tonna koʻp, qoʻy goʻshtiga 848 tonna talab boʻlsa ishlab chiqarish 1 ming 215 tonna, talabga nisbatan 368 tonna koʻp va tovuq goʻshtiga 1 ming 360 tonna talab boʻlsa ishlab chiqarish 2 ming 431 tonna, talabga nisbatan 1 ming 71 tonna ishlab chiqariladi.

Tuxumga 20 mln 120 ming dona talab boʻlsa ishlab chiqarish 24 mln 550 ming dona talabga nisbatan 2 mln 215 ming dona koʻp ishlab chiqariladi.

Kartoshkaga 4 ming 844 tonna talab, ishlab chiqarish 51 ming 556 tonna talabga nisbatan 23 ming 356 tonna koʻp ishlab chiqariladi.

Piyozga 1 ming 863 tonna talab, ishlab chiqarish 15 ming 271 tonna talabga nisbatan 6 ming 704 tonna koʻp ishlab chiqariladi.

Sabziga 2 ming 422 tonna talab, ishlab chiqarish 8 ming 461 tonna talabga nisbatan 3 ming 19 tonna koʻproq ishlab chiqariladi.

Guruch 913 tonna talab qilinadi ushbu mahsulotni Xorazm viloyatidan dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan xar xaftada bir martta 30 tonna olib kelinib kunlik oʻrtacha 4-5 tonna atrofida sotib kelinmoqda.

Un 7 ming 200 tonna talab etiladi tumandagi 23 ta chakana savdo korxonalari tomonidan aholiga uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Oʻsimlik yogʻi 848 tonna talab etiladi ushbu mahsulotni tumandagi savdo tashkilotlari tomonidan Kattaqoʻrgʻon yogʻ moy zavodidan va Samarqand shahardagi yogʻ bazalaridan olib kelinmoqda.

Shakarga 1 ming 25 tonna talab etilib Xorazm viloyati va Ukraina davlatidan tumandagi savdo korxonalari tomonidan uzluksiz olib kelinishi taʼminlanadi.

Asosiy mavzular