14:12 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
166 0 0

RFdan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan fuqarolarni olib kelish maqsadida “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 22 oktyabr kuni 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga joʻnab ketdi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik.  Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun navbatdagi avtobuslar yoʻlga chiqdi.

RFdan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan fuqarolarni olib kelish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 22 oktyabr kuni 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga joʻnab ketdi.

Rejaga muvofiq avtobuslar bugun kechga belgilangan manzilga yetib boradi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelinadi.

Maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozogʻiston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoʻyilgan talablarga qatʼiy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)

Asosiy mavzular