06:07 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
34211

Toshkent shahar IIBB yangi “YTH sodir boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan yoʻl qismi” yoʻl belgisini joriy etish maqsadga muvofiqligini oʻrganmoqda.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik.  Toshkent shahar IIBB yangi “YTH sodir boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan yoʻl qismi” yoʻl belgisini joriy etish maqsadga muvofiqligini oʻrganmoqda.

“Mazkur yoʻl belgisi haydovchi va piyodalarni yoʻl-transport hodisalari ehtimoli yuqori boʻlgan yoʻl qismiga yaqinlashib kelayotganlari haqida ogohlantiradi. Maʼlum yoʻl qismining xavfliligi statistik maʼlumotlar va mavjud sharoitlarni (yoʻl qoplamasi, koʻrinishni toʻsuvchi yoʻl chetidagi daraxtlar, bino va inshootlar va boshqalar) inobatga olgan holda baholanadi. Xususan, yoʻl-transport hodisalari roʻy berishi ehtimoli yuqori boʻlgan yoʻl qismlariga oʻtgan chorak davomida uch martadan koʻp YTH roʻy bergan hududlar kiritiladi.

Yangi ogohlantirish chetlari qizil rang bilan chegaralangan va oʻrtasida qora rangli nuqtasi boʻlgan oq rangdagi uchburchak belgi koʻrinishida boʻlishi kutilmoqda. Uning ostida toʻrtburchak shaklda ikki avtomobilning toʻqnashuvi yoki avtomobil va piyoda ishtirokida YTH aks etgan rasmli izoh berilgan belgi ham oʻrnatiladi.

Belgi xavfli hududdan 100-150 metr oldin oʻrnatilib, natijada yoʻl harakati qatnashchilarida chora koʻrishlari uchun vaqt boʻladi. Haydovchi tezlikni pasaytirishi, harakatlarni ehtiyotlik bilan amalga oshirishi zarur . Piyodadan esa yoʻlni ehtiyot boʻlib kesib oʻtishi talab etiladi”, – deyilgan xabarda.

Belgining taʼsiriga baho berish uchun sinov tariqasida mazkur belgilarni oʻrnatish rejalashtirilgani, bu chora yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda samarali boʻlish yoki boʻlmasligi yuzasidan haydovchi va piyodalarga izohlar qoldirish taklif etilgan.

Asosiy mavzular