15:30 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
72 0 0

Milliy reytingida soʻnggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta oʻrindan birini egallagan OTMlarga oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash boʻyicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻzbekistondagi Milliy reytingning kuchli uchligiga kirgan oliy taʼlim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshligʻi Ulugʻbek Toshkenboyev AOKAdagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingida soʻnggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta oʻrindan birini egallagan OTMlarga oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash boʻyicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Akademik va moliyaviy mustaqillikni belgilashda esa xalqaro taʼrif va standartlarga asoslaniladi, yaʼni mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinishi belgilanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingini eʼlon qilgangan edi. Unga koʻra,  gumanitar va iqtisodiy sohada Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti yetakchi oʻrinlarni egallagan.

Asosiy mavzular