06:45 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
283 0 0

Tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Irgashev Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari noinfektsion kasalliklar hissasiga toʻgʻri kelishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari noinfektsion kasalliklar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, professor, Tibbiy xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Valeologiya kafedrasi mudiri Shuhrat Irgashev maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, sogʻlom turmush tarziga amal qilgan insonlar, kasal boʻlmaydi. Biron joyi ogʻrib qolganda ham tez va oson salomatligini yana qayta tiklab oladi. Immuniteti kuchli, sogʻlom turmush tarziga amal qiluvchi kishilar, yoshidan qatʼiy nazar, koronavirusni tez va oson yengib oʻtmoqda.

“Shuningdek, birinchi navbatda sogʻlom turmush tarziga amal qilmaslik noinfektsion kasalliklarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Bular yurak qon-tomir, qandli diabet, onkologik, nafas yoʻllari xastaligi kabi kasalliklar boʻlib, Oʻzbekistonda 78 foiz oʻlim holatlari ayni shu xastaliklar bilan bogʻliq”, – deydi Irgashev.

Mutaxassis yuqumli boʻlmagan xastaliklarga chalinmaslik uchun birinchi navbatda toʻgʻri hayot tarzini yoʻlga qoʻyish talab etilishini qayd etgan.

U sogʻlom turmush tarziga amal qilishning 4 asosiy yoʻli mavjudligi maʼlum qilgan. Bular:

  • toʻgʻri ovqatlanish;
  • jismoniy faollik;
  • ruhiy salomatlik;
  • zararli odatlardan voz kechish.

Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallanish va oʻlim holatlari kimlarda koʻproq uchramoqda

Avvalroq Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus bilan kasallanganda sogʻlom turmush tarziga amal qilish undan oson va tezroq xalos boʻlishga koʻmaklashinini maʼlum qilgan edi. Uning taʼkidlashicha, bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi.

Asosiy mavzular