05:40 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
363 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1 noyabridan karantin choralari kuchaytirilishi haqida asossiz axborotlar tarqalmoqda.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi 1 noyabrdan karantin choralari kuchaytirilishi haqidagi xabarni rad etdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1 noyabridan karantin choralari kuchaytirilishi haqida asossiz axborotlar tarqalmoqda. Eslatib oʻtamiz, bu kabi yolgʻon xabarlar orqali aholi orasida vahima qoʻzgʻashga urinishlarga tegishli tartibda javobgarlik koʻzda tutilgan”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik fuqarolarni oʻz salomatliklariga eʼtiborli boʻlishga chaqirgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 65 200 nafarga yetgan. Shulardan 62 342 nafari tuzalib ketgan. 545 kishi virus qurboniga aylangan.

Asosiy mavzular