Farg‘ona yaqinida zilzila sodir bo‘ldi - FVV

© Matt KatzenbergerRabota seysmografa
Rabota seysmografa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun tongda Farg‘onada 4 balli zilzila qayd etildi. Uning markazi Farg‘onadan 99km uzoqlikda, tojik-qirg‘iz chegarasida bo‘lgan.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Bugun erta tongda tojik-qirg‘iz chegarasining Farg‘ona viloyatiga yaqin hududida zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati. 

"2020 yil, 26-oktabr Toshkent vaqti bilan 08:10 da (Grinvich bo‘yicha 03:10 da) Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi", - deyilgan xabarda. 

Zilzila markazidan turli uzoq bo‘lgan shaharlarda quydagicha qayd etilgan:

Farg‘ona: 99 km, 4 ball.

Andijon: 152 km, 3 ball.

Namangan: 168 km, 3 ball.

Toshkent: 292 km, 2 ball.

Guliston: 276 km, 2 ball.

Jizzax: 341 km, 2 ball.

Samarqand: 411 km, 2 ball.

Zilzila koordinatalari: 39,49 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 292 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

 

 

Yangiliklar lentasi
0