O‘zgidromet ob-havo keskin sovishi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishOsen
Osen  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan Volgabo‘yi orqali sovuq havo oqimining kirishi kutilmoqda.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zgidromet ob-havo keskin sovishi haqida ogohlantirdi.

27 oktabrda respublikaning shimoliy tumanlariga, 28-29 oktabrda butun O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismi (Moskva viloyati)dan Volgabo‘yi orqali sovuq havo oqimining kirishi kutilmoqda.

27-28 oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi  17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

28-29 oktabrda havo harorati kechasi 0-3° darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2° sovuq bo‘ladi, kunduzi 10-13°  daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0