O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari 550 kishiga yetdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOborudovanie reanimatsionnoy palati
Oborudovanie reanimatsionnoy palati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida yana 92 kishi koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi. Kasallangan bemorlardan biri vafot etdi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 92 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 65 480 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 11 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 37 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Shu tariqa qurbonlar soni 550 nafarga yetgan.

Shu paytga qadar 62 615 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 315 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0