06:12 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
128 0 0

Besh qavatli uylar loyihasi qayta koʻrib chiqilib, xonadonlarning joylashuvi va xonalarning ichki maydoni maqbullashtirildi. Qator tejamkor choralar natijasida uylarning narxi oʻrtacha 30 foizgacha arzonlashadi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni qurilish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2020 yilda qishloqlarda 12 mingdan ziyod, shaharlarda 18 mingdan ortiq koʻp qavatli turar joy barpo etilmoqda. Sardoba suv omboridagi hodisadan keyin Sardoba hamda Mirzaobod tumanlarida qisqa muddatda 86 ta besh qavatli uy qurib bitkazildi.

Taʼkidlanishicha, davlat rahbari mutasaddilarga ushbu tajribadan foydalanib, loyihalarni takomillashtirish, turar joylarni aholi uchun yanada arzon qilish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Shunga muvofiq, besh qavatli uylar loyihasi qayta koʻrib chiqilib, xonadonlarning joylashuvi va xonalarning ichki maydoni maqbullashtirildi. Qurilish materiallari loyihaga mos oʻlchamda ishlab chiqariladi, isrof boʻlmaydi. Hovli va yoʻlaklarga sensorli elektr chiroqlari qoʻyiladi. Bu kabi tejamkor choralar natijasida uylarning narxi oʻrtacha 30 foizgacha arzonlashadi.

Mirziyoyev ushbu loyihani maʼqullab, bunday turar joylarni aholi zich joylashgan barcha tumanlarda qurish zarurligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular