22:53 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
139 0 0

Oʻzbekistonga 2020 yil davomida umumiy qiymati 2,1 milliondan ortiq boʻlgan 82ta elektromobil import qilindi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 4 baravar koʻp.

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Stastitika qoʻmitasi habariga koʻra, 2020 yilning 9 oyida Oʻzbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 59 taga koʻp.

Xususan, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreyadan – 12 ta, Germaniya, BAA, Rossiya va Gruziyadan jami 17 ta elektromobil import qilingan. Import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSH dollari sarflangan.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda jahon miqyosida elektromobillar soni keskin oshib bormoqda. Elektromobillar soni eng tez oʻsayotgan davlat bu  - Xitoy hisoblanadi. Ushbu davlatda elektromobillar joriy etish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. 2019 yilda Xitoyda - 3,35 million dona elektromobil foydalanilgan boʻlsa 2020 yil oxirida ularning soni 5 millionga yetishi kutilmoqda. 

Elektromobillar va gibrid avtomobillar soni boʻyicha 2019 yil oxiri koʻrsatgichlariga koʻra ikkinchi oʻrinda Yevropa - 1,75 mln dona va uchinchi oʻrinda AQSH - 1,45 mln dona turibdi. 

 

Asosiy mavzular