IIVning vakolati kengaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu
Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIVga karantin qoidalari buzilganda ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berildi. Shuningdek, karantin qoidalari buzilganda avtomobil ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Endi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘zbekistonning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazoni qo‘llashga faqat  tegishli hududlarda yoki obyektlarda karantin joriy etilgan taqdirda haqlidir.

Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida  (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0