07:46 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
96 0 0

Shavkat Mirziyoyev qilinadigan modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlarini tarifni koʻtarish hisobidan emas, balki ishlab chiqarishda ketadigan xarajatlarni, yaʼni tannarxni kamaytirish hisobiga erishish vazifasini qoʻydi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulugʻbek Mustafoyev maʼlum qildi.

“Mamlakatimiz rahbari 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslikni asosiy vazifa etib belgilab berdi. Buning uchun prezident har bir kompaniyaga, jumladan, ‘Hududiy elektr tarmoqlari’ AJga ham bir qator vazifalarni qoʻydi. Qilinadigan modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari tarifni koʻtarish hisobidan emas, balki ishlab chiqarishda ketadigan xarajatlarni, yaʼni tannarxni kamaytirish hisobiga erishish vazifasi qoʻyildi», — Mustafoyev “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Mustafoyevning soʻzlariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev “Hududiy elektr tarmoqlari” oldiga asosiy toʻrtta masalani belgilab bergan: birinchidan, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ikkinchi — smart tizimi masalasi, uchinchi — billing hamda ERP-tizimi (Enterprise Resource Planning — korxona resurslarini rejalashtirish) masalalari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular