15:34 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
74801

Muftiyning fikricha, Makron aqldan ozgan professorni milliy qahramonga aylantirib, musulmonlarni ataydan provokatsion harakatlarga gijgijlamoqda.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Checheniston muftiysi Saloh-Xoji Majiyev Frantsiya rahbari Emmanuel Makronning harakatlarini islomga nisbatan aniqlilik bilan rejalashtirilgan hujum, deya atab, bu holat yana insoniy qurbonlarga olib kelishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Muftiy bayonoti Instagramda eʼlon qilingan.

"Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron insonlarning eng buyugi Muhammad paygʻambarga chizilgan karikaturalarni... mamlakatning barcha hukumat binolariga ilib chiqish buyrugʻini berdi… Bu shunchaki barcha axloq va odob doiralaridan chiqadigan maasʼuliyatsiz ish emas, balki islom va barcha musulmon hamjamiyatga uyushtirilgan xujumdir, u yangi insoniy qurbonlarni keltirishi mumkin", - deyiladi bayonotda.

Majiyevning taʼkidiga koʻra, "aslida insonlarning eng buyugini tahqirlayotib, nima ishga qoʻl urayotganini yaxshi bilgan va shu tufayli halok boʻlgan professorning -alamisona xatti-harakatlarini qoralash oʻrniga, Frantsiya prezidenti "islomga qarshi magʻlubiyatga mahkumligi oldindan ayon boʻlgan yurishni boshlagan".

"Makron, sen dunyodagi birinchi raqamli terrorchisan. Paygʻambarimizni tahqirlay turib... sen barcha paygʻambarlarni va barcha dinlarni tahqirlamoqdasan. Sen hech qanday axloqiy printsiplar va qadriyatlarga ega emassan va insoniyat hamda barcha musulmonlarning dushmanisan... Sizlar oʻz qoʻllaringiz bilan millatlararo va dinlararo nifoqni avj oldirmoqdasiz", - deya fikr bildirgan muftiy.

Unga kщra, Makron aqldan ozgan professorni milliy qahramonga aylantirib, musulmonlarni ataydan provokatsion harakatlarga gijgijlamoqda.

"Sizga oʻlimlar soni kamlik qilayaptimi? Siz oʻzingizning oʻysiz harakatlaringiz bilan yana va yana qaygʻuli tajribaga qaytmoqdasiz", - deya qayd Mejiyev.

Uning soʻzlariga koʻra, 2 milliardga yaqin musulmonlar Makronning ashaddiy dushmanlariga aylangan.

Sal oldin Makron Frantsiyada separatizmga qarshi kurash borasida katta nutq bilan chiqish qildi va respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9 dekabrda taqdim etilishini aytdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Makron Frantsiya musulmonlar kengashi bilan birgalikda, mamlakatda "maʼrifiy islomni" qurishga yordam beradigan tashkilotni yaratish zaruriyati gʻoyasini ilgari surdi. Bunday harakatlarga Muhammad paygʻambarga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgan va keyinchalik bu harakati uchun oʻldirilgan oʻqituvchi hodisasi sabab boʻlgan edi.

Asosiy mavzular