18:42 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
57 0 0

Xitoyning Guanchjou shahrida Oʻzbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Guandun, Futszyan, Xunan, Xaynan provintsiyalari hamda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom tumani ushbu Bosh konsulxona okrugiga kiradi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Xitoyning Guanchjou shahrida Oʻzbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston elchisi Baxtiyor Saidov Bosh konsulxonaning ochilishi Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirish, barcha sohalarda amaliy hamkorlik koʻlamini kengaytirish, eng avvalo, Oʻzbekiston viloyatlari va Xitoy janubiy provintsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro tovar almashuv hajmlarini koʻpaytirishga qoʻshimcha turtki berishini qayd etdi.

Yirik sanoat, moliya va transport markazi boʻlgan Guanchjou shahri mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari singari va boshqa sohalardagi hamkorlikning mustahkamlanishida juda muhim oʻrin tutishi qayd etildi.

Guandun, Futszyan, Xunan, Xaynan provintsiyalari hamda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom tumani ushbu Bosh konsulxona okrugiga kiradi.

Marosim doirasida Oʻzbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular