22:36 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
42720

Sutka davomida 214 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 65 881 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 214 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 65 881 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 99 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 168 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 63 044 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 281 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 556 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

3 ta avtobus

22 oktyabr kuni fuqarolarni RFdan olib kelish maqsadida “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga joʻnab ketgan edi. Avtobuslar manzilga yetib bordi.

Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelinmoqda. Ayni damda Qozogʻiston hududida boʻlgan avtobuslar bir necha soatlardan soʻng Oʻzbekistonga kirib keladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 43,8 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,2 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (9,0 mln), Hindistonda (7,9 mln), Braziliyada (5,4 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular