22:16 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
185 0 0

Mobil klinikalar OITS, COVID-19, virusli gepatit va boshqa infektsiyalarni aniqlash, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, akusher va ginekologik yordam, kardiologiya va urologiya xizmatlarini koʻrsatadi.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Kecha, 27 oktyabr kuni Inson huquqlarini va salomatligini saqlash boʻyicha Rossiya Federal xizmati (Rospotrebnadzor) Oʻzbekiston Respublikasiga birinchi mobil klinikani sovgʻa qildi

Tantanali ravishda boʻlib oʻtgan marosimda Rospotrebnazdor vakilllari, Rossiya TIV rasmiylari va Oʻzbekiston elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi. 

Marosimda soʻzga chiqqan Rospotrebnadzor rahbari oʻrinbosari Irina Bragina turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda Oʻzbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi koʻp yilllik ishonchli hamkori ekanini qayd etdi.

"Ikki davlatni qizamiq, vabo, OITS, virusli gepatitlar va boshqa kasalliklarga qarshi kurash va profilaktika qilish boʻyicha koʻp yillik ishonchli va samarali hamkorlik munosabatlari bogʻlab turibdi. Bugungi COVID-19 pandemiyasi vaqtidagi hamkorligimiz juda muhim. Biz Oʻzbekiston hukumatining pandemiyani yengishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz va kerak boʻlganda Rossiya har qanday yordam berishga tayyor ekanini taʼkidlaymiz", - dedi Bragina. 

Maʼlumot uchun, Rossiya mobil klinikalari birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish, OITS, COVID-19, virusli gepatit, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infektsiyalar, akkusher va ginekologik yordam, kardiologiya va urologiya xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan.

Javob soʻzida Botirjon Asadov Oʻzbekiston Hukumati nomidan Rossiya Federatsiyasiga minnatdorlik va ushbu mobil klinika aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. 

"Bugungi marosim Oʻzbekiston-Rossiya sogʻliqni saqlash borasidagi hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar qatorida oʻrinli boʻldi. Bu bizning Respublikaga yetkazib berilayotgan birinchi ana shunday klinika ekanini qayd etish biz uchun quvonchli holatdir. Ushbu Dastur yordamida turli hududlarda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari infektsion kasalliklar simptomolari haqida oʻz vaqtida maʼlumot olish imkoniga ega boʻladilar. Bugungi kun sharoitida bu - juda muhim", - dedi Oʻzbekiston elchisi. 

Mobil klinikalar yetkazib berish - "Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiy davlatlariga OITS va boshqa infektsion kasalliklarni profilaktika qilish" dasturi doirasida amalga oshirildi. Dastur - YUNEYDS, Rospotrebnadzor va "SPIDInfosvyaz" fondi tomonidan 2013 yildan buyon amalga oshirilib kelmoqda.     

Bugungi kunda Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga jami 12ta ana shunday mobil klinikalar yetkazib bergan. Ulardan 4tasi - Tojikistonga, 3 tasi  - Armanistonga va 5tasi - Qirgʻizistonga. 

Barcha mobil majmualar aholiga bepul xizmat koʻrsatadi. Dastur ishgan tushganidan buyon 1,6 milliondan ortiq kishi uning xizmatidan foydalangan. 

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Diagnosticheskiy kabinet v "mobilnoy poliklinike"

Asosiy mavzular