16:17 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
185 0 0

Idora moʻmin-musulmonlarning hissiyotini qoʻzgʻash, fitna chiqarish va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovchi har qanday holatni jiddiy qoralashini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Frantsiyada Paygʻambar alayhissalomga nisbatan hurmatsizlik koʻrsatilishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan bahs-munozaralar va ixtilofli holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Oʻz navbatida, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi moʻmin-musulmonlarning hissiyotini qoʻzgʻash, fitna chiqarish va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovchi har qanday holatni jiddiy qoralashini hamda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shaʼnlari moʻmin-musulmonlar uchun eng oliy qadriyat ekanini qatʼiy taʼkidlaydi”, - deyilgan bayonotda.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bu kabi munosabatlarni xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro totuvlikni buzishga qaratilgan fitna hamda odamlarning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish, millatlararo va dinlararo adovat uygʻotish, deb baholaydi.

Qodirov Makronni “eʼtiqodga malomat yogʻdirishni bas qilishga” chaqirdi

Taʼkidlanishicha, ushbu holatga nisbatan oʻzbekistonliklarning turli munosabat bildirayotgani kuzatilmoqda.

Idora bunday holatda hissiyotga berilmasdan, haqoratlardan tiyilishga, keng fikr qilib, chuqur mushohada yuritish lozimligini qayd etgan.

“Biz ham moʻmin-musulmonlarni hissiyot bilan emas, tafakkur ila ish tutishga chaqiramiz. Din dushmanlari fitnasiga zamin yaratib, vaziyat yanada keskin tus olishiga sababchi boʻlib qolmaylik. Bu boʻlayotgan ishlar hammasi fitna, gʻanimlar tomonidan rejali amalga oshirilmoqda, bunday vaziyatda oʻylab ish tutish kerak”, - deyiladi bayonotda.

Checheniston muftiysi Makronni barcha musulmonlarni dushmaniga chiqardi — gap nimada oʻzi?

Munosabatda musulmon kishi hadislarda keltirilganidek, doimo hushyor, ziyrak boʻlishi, atrofda sodir boʻlayotgan har xil fitna va qaltis jarayonlarga teran nazar bilan boqishi lozimligiga urgʻu berilgan.

 

Asosiy mavzular