15:15 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
10210

Bitiruvchi talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qoʻlga kiritadi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti oʻrtasida qoʻshma fakultetni tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qoʻshma fakultetda nafaqat Tojikiston, balki boshqa xorijiy mamlakatlarning fuqarolari ham oʻqishi mumkin. Oʻqish xalqaro standartlarga muvofiq ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Fakultetda kadrlar tayyorlash “bakalavriat” bosqichida “3+1” va “magistratura” mutaxassisliklarida “1+1” ikki tomonlama diplom dastur doirasida amalga oshiriladi va bitiruvchi talabalar TDYUU va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qoʻlga kiritadi.

Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Xoʻjand shahrida joylashgan boʻlib, 6 ta fakultet, 3 ta oʻquv korpusi va 11 ta oʻquv laboratoriyalarini oʻz ichiga oladi. Universitetda 388 nafar professor-oʻqituvchi, jumladan, 148 nafar fan nomzodi va doktori faoliyat yuritadi.

Asosiy mavzular