Ishlovchi onalar va bola parvarishi nafaqa puli: hukumat qarori loyihasi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarida ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlashga doir hujjat tayyorlandi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarida ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Nafaqa berish bilan kambag‘allikni kamaytirib bo‘lmaydi – moliya vaziri

Unga “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarida ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilova qilingan.

“Ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tug‘ilgan, farzandlikka yoki vasiylikka olingan bolani ikki yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish uchun qoida tariqasida onaga, otaga, onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yoki boshqa qarindoshlarga tayinlanadi va to‘lanadi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’iy nazar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilangan miqdorda har oyda to‘lanadi”, - deyilgan hujjatda.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa onalarga (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) nafaqa olish uchun murojaat qilingan oydan boshlab, ammo homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan kundan so‘ng tayinlanadi.

To‘liq bo‘lmagan oy uchun nafaqa onaning (onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) ushbu oydagi ta’tilda bo‘lgan kalendar kunlariga mos ulushda to‘lanadi.

Agar ikki va undan ortiq tug‘ilgan, farzandlikka yoki vasiylikka olingan bolalar parvarishda bo‘lsa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bir barobar miqdorda to‘lanadi.

Agar ona bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi davrida ikkinchi bola uchun homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til olish huquqiga ega bo‘lsa, onaning tanlovi asosida nafaqaning faqat bir turi to‘lanadi.

7 noyabr kuni hujjatning umumiy muhokamasi yakunlanadi.

Yangiliklar lentasi
0