07:27 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
342 0 0

Rossiya va Oʻzbekiston atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasidagi loyihani amalga oshirmoqda. Boʻlajak kadrlarni tayyorlash bilan bugungi kunda Moskvadagi MMFI Milliy yadroviy tadqiqotlar universiteti ham uning Toshkentdagi filiali shugʻullanmoqda.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Anna Jelixovskaya. Rossiyaning MMFI (MIFI) oliygohida Oʻzbekistonning atom sohasidagi boʻlajak mutaxassislari ham tahsil olmoqda. Ular uchun bu yangi va oʻta muhim sohada birinchilardan boʻlish, oʻz mamlakatiga yangi texnologiya yutuqni amalga oshirishda yordam berishning ajoyib imkoniyatidir.

Rossiya oliygohining ikkinchi bosqich magistri Kurbaniyaz Kanyazov u qanday qilib diplomatik sohadan muhandislik mutaxassisligi uchun voz kechgani, Rossiya nimasi oʻziga maftun aylagani va nima sababdan oliygohdagi maʼruzalarni qumsashi haqida soʻzlab berdi. Koronavirus pandemiyasi sabab bugungi kunda Rossiya chegaralari hamma Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ochiq emas. Oʻzbekistonliklarning mamlakat kirishi haligacha taqiqlangan. Shu sabab “Moskva muhandislik-fizika instituti” (MMFI) Milliy yadroviy tadqiqotlar universitetining (MYATU) magistraturasining ikkinchi bosqich talabasi Kurbaniyaz Kanyazov Moskvaga qayta olmaydi va oʻqishni Nukusda masofaviy tarzda davom ettirmoqda. U “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi” fakulteti magistridir. Ilgari u Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini “Issiqlik energetikasi” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Kurbaniyaz 23 yoshda. Nukusda tugʻilgan va oʻsha yerda ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabi “Progress” taʼlim va rivojlanish markazinini tamomlagan. Toʻqqizinchi sinfdan keyin Taxiatoshdagi iqtisodiyot kollejida tahsil olgan va oliygohga kirishga tayyorgarlik koʻrgan. Oʻzining tan olishicha, yettinchi sinfgacha tarix va geografiya uning sevimli fanlari boʻlgan. Bu fanlardan hatto respublika olimpiadalarida ham qatnashgan.

Bu uning birinchi kasb tanlashiga taʼsir koʻrsatgan. Kurbaniyaz xalqaro munosabatlar va diplomatiyani oʻrganishga ahd qiladi. Biroq oʻqishga kirishdan bir necha muddat oldin uning otasi bilan jiddiy suhbati boʻlib oʻtadi. Aytgancha, otasi energetika muhandisi.

“Har holda u juda tajribali va oʻz ishining mohir ustasidir. Men uning nasihatlariga quloq tutib, muhandislik yoʻnalishini tanladim, shu bois matematika va fizika fanidan yanada zoʻr berib tayyorlanishni boshladim. Lekin darhol aytamanki, oʻzimdan ustun kelishimga toʻgʻri kelmadi. Bu ongli ravishda tanlangan yoʻl edi”, - deydi u.

Atom sari mashaqqatli yoʻl

2017 yili Toshkentda “Rosatom” davlat korporatsiyasi va Oʻzbekiston hukumati atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi. Ushbu hujjatga koʻra 2028 yilga kelib ikkita energiya blokdan iborat atom elektr stantsiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Magistrning soʻzlariga koʻra, bakalavriatning uchinchi bosqich talabaligida u atom energiyasi bilan shugʻullanishni oldiga maqsad qilib qoʻygan.

“Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning bu yangi yoʻnalishi meni oʻqishdan keyin vatanga qaytish va atom energetikasi sohasida ishlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishimga undadi. Jonajon Oʻzbekistonim rivojlanishiga oʻz hissamni qoʻshishni juda istayman”, - deya tushuntiradi Kurbaniyaz.

Aytgancha, bu istak talabaning diplom ishida ham oʻz ifodasini topgan “Energiyaning muqobil manbalaridan (quyosh va shamol) foydalangan holda Qoraoʻzak shaharchasini energiya bilan taʼminlash”. Tadqiqot predmeti shaharchani uzlukchiz elektr energiyasi bilan taʼminlay oladigan avtonom elektr stantsiyasini barpo qilish edi.

Magistr vtorogo kursa NIYAU MIFI Kurbaniyaz Kanyazov
© Sputnik
Magistr vtorogo kursa NIYAU MIFI Kurbaniyaz Kanyazov

MMFIga kirish imtihonlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti fizika fakultetida boʻlib oʻtgan. Sinovni bevosita MMFI MYATU qabul komissiyasi oʻtkazgan.

“Taxminan sinovlarga ikki hafta qolganida bizga biletlar mavzusini berishdi. Matematika, fizika va bakalavriat mutaxassisligi boʻyicha tayyorlanish kerak edi. Mening holatimda bu energetika. Barcha adabiyotlarni olib, katta hajmdagi mavzularni takrorlashga toʻgʻri keldi”, - deya eslaydi Kurbaniyaz.

Maksimal 100 balldan u 98 ball oldi. Ammo uning hikoya qilishicha, MMFIga hujjat topshirishda talabgorlarga qoʻshimcha 15 ball toʻplashga yordam beruvchi bir necha mezonlar bor edi. Masalan, qizil diplom uch ball olish imkonini berardi. Agar bakalavriatda tahsil davomida maxsus nashrlarda maqola chop etish va konferentsiyalarda ishtirok etishga muvaffaq boʻlingan boʻlsa, bu ham kirish imkoniyatlarini oshirgan. Shuningdek, olimpiadalarda qoʻlga kiritilgan sovrinli oʻrinlar inobatga olingan.

Bularning hammasi unga maksimal 115 balldan 113 ball olishga va xorijlik vatandosh talabalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi boʻyicha Rossiya Federatsiyasi mablagʻi evaziga byudjetga oʻqishga kirishga imkon bergan.

“Rossiya tomonidan yosh olimlarning qoʻllab-quvvatlanishi tahsil olishga qoʻshimcha ragʻbat beradi”,  - deydi talaba.

Maftun aylagan Moskva onlayn maʼruzalar

Kurbaniyaz ilk bor Rossiyaga 2013 yili Romanovlar uyining 400 yilligi munosabati bilan Oltin halqa boʻylab ekskursiyada kelgan. Oʻshanda safar unga unutilmas taassurotlarni qoldirgan. Mana u yana Moskvada, lekin bu gal nufuzli, dunyoga mashhur oliygohlardan birining talabasi sifatida. Afsuski, koronavirus pandemiyasi tufayli martdan universitet va institutlar masofaviy taʼlim shakliga oʻtdi. Kurbaniyaz oʻqishni onlayn davom ettirdi va karantin vaqtida yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib, uyga joʻnab ketdi.

Magistr vtorogo kursa NIYAU MIFI Kurbaniyaz Kanyazov
Foto iz lichnogo arxiva Kurbaniyaza Kanyazova
Magistr vtorogo kursa NIYAU MIFI Kurbaniyaz Kanyazov

Karantin cheklovlari joriy etilgunga qadar darslar bilan bir qatorda uning ilmiy-tadqiqot ishi bilan shugʻullanish hamda shunchaki dam olish imkoniyati bor edi. Oxirgisi unga taalluqli emas desa ham boʻladi. Kunni yugurishdan boshlashni afzal biladi, boʻsh vaqtida esa doʻstlari bilan shahar boʻylab sayr qiladi. Qizil maydon uning sevimli joyiga aylangan.

Magistr vtorogo kursa NIYAU MIFI Kurbaniyaz Kanyazov
Foto iz lichnogo arxiva Kurbaniyaza Kanyazova
Magistr vtorogo kursa NIYAU MIFI Kurbaniyaz Kanyazov

"MMFIda 20 foizga yaqin talabalar xorijlik. Guruhimizda ham turli mamlakatlardan boʻlgan talabalar bor. Ularning aksariyati magistraturaga qadar Rossiyada tahsil olishgan, shuning uchun rus tilida aʼlo darajada soʻzlashishadi”, - deydi Kurbaniyaz.

Vatan uchun energiya

Talaba bakalavriatdagi oʻqish magistraturadan jiddiy farqlanishini tan oladi. Hozir tahsil asosan maxsus fanlar va amaliy mashgʻulotlardan iborat. Boʻlajak mutaxassislar atom elektr stantsiyasi tuzilishini bevosita koʻrib oʻrganishadi, xususan, reaktorning faol zonasi, himoya boshqaruv sterjeni va boshqa muhim qismlarni. Bularning bari vatandagi AESning boʻlajak ishida maksimal ravishda samarali tayyorlanishga imkon beradi. Uning soʻzlariga koʻra, AESdagi ish uchun turli yoʻnalishlardagi 2 mingga yaqin xodim kerak boʻladi, shuning uchun u ularning qatoriga qoʻshilishga umid qiladi.

“Magistraturani tamomlagandan keyin Oʻzbekistonga qaytib, AESda besh yil ishlashim kerak. Lekin stantsiyaning oʻzi 2028 yildan keyin faoliyatini boshlaydi, shu bois, ehtimol, bir yildan keyin “Oʻzatom” agentligida yoki Jizzax viloyatidagi obʼyektda bevosita ishlashni boshlayman. Oʻylaymanki, biz bitiruvchilar, har birimiz oʻz yoʻnalishimiz boʻyicha AES qurilishida ham ishtirok etamiz”,  - deya xulosa qiladi u.

Birinchi kezlarda u oʻz kelajagini aynan amaliy ishda koʻradi, ilmiy va oʻqituvchilik faoliyati haqida oʻylab koʻrganicha yoʻq. Hamma narsaning oʻz vaqti soati bor, deya ishonadi Kurbaniyaz.

Asosiy mavzular