01:38 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
440 0 0

Oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 30 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilangan.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. 1 oktyabrdan Oʻzbekistonda toʻyxonalar faoliyatiga ruxsat berilgani oydinlashdi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi yigʻilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 2020 yil 1 oktyabrdan toʻyxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan.

Bunda, toʻyxonalar oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga toʻy marosimlarini 30 kishilik tartibda oʻtkazilishini doimiy saqlab qolish haqida petitsiya joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular