05:37 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
476 0 0

Sutka davomida 197 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 66 141 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 197 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 66 141 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 95 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 158 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 63 323 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 260 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 558 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Mobil klinika

Inson huquqlarini va salomatligini saqlash boʻyicha Rossiya Federal xizmati (Rospotrebnadzor) Oʻzbekistonga birinchi mobil klinikani sovgʻa qildi. 

Rossiya mobil klinikalari birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish, OITS, COVID-19, virusli gepatit, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infektsiyalar, akkusher va ginekologik yordam, kardiologiya va urologiya xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 44,3 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,4 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (9,0 mln), Hindistonda (8,0 mln), Braziliyada (5,4 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Asosiy mavzular