05:57 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
25020

Singapurning “Universal Success Enterprises Limited” kompaniyasi “Nurafshon City” qurilish loyihasini amalga oshiradi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va Singapurning “Universal Success Enterprises Limited” kompaniyasi raisi Prasun Mukerji “Nurafshon City” qurilish loyihasini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bosh kelishuvni onlayn tarzda imzoladi.

Maket neboskrebov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova

“Dunyo” AA xabariga koʻra, Hujjat Singapur kompaniyasi tomonidan oʻzbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 2021 yil birinchi choragining oxiriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, keyinchalik tasdiqlash va zamonaviy Nurafshon shahri qurilishining boshlanishini nazarda tutadi.

Loyihaning umumiy maydoni taxminan 2 ming 833 gektarni tashkil etadi va u uch bosqichda amalga oshiriladi.

Loyihani Universal Success Enterprises Limited yoki ushbu kompaniya tomonidan tashkil etilgan xorijiy kompaniyalar konsorsiumi tomonidan jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yoki xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari asosida amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Investitsiyalarning umumiy hajmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash natijalariga koʻra aniqlanadi.

Asosiy mavzular