“Milliy TV” xorijiy seriallarni efirga uzatishni kamaytiradi

© Unsplash / JESHOOTS.COM Jenshina derjit pult ot televizora v ruke
Jenshina derjit pult ot televizora v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Komil Allamjonovning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy serillarning meyori bo‘lmasa, bu ketishda ideologik suverenitetni yo‘qotib qo‘yish mumkin.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Yaqin kelajakda “Milliy” telekanalida xorijiy seriallarni efirdan imkon darajada kamaytiriladi. Bu haqda kanal asoschisi va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.

Allamjonovning ta’kidlashicha, bugun ko‘p telekanallarda asosan xorij seriallari namoyish etilyapti, milliy seriallar esa deyarli yo‘q.

“Bu — bugun e’tibor qaratilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan muhim masala deb hisoblayman. Sababi seriallar tomoshabin ongiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli vosita hisoblanadi. Agar uni meyori bo‘lmasa, bu ketishda ideologik suverenitetimizni yo‘qotib qo‘yishimiz hech gap emas”, - deydi u.

Shu bois yaqin kelajakda "Milliy" telekanalida xorijiy seriallarni efirdan imkon darajada kamaytirish va ko‘proq milliy seriallarni ishlab chiqarishga qaror qilingan.

Yangiliklar lentasi
0