13:59 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
67 0 0

Abxaziyadan 299 nafar oʻzbekistonlik olib kelindi. Yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. 28-oktyabr kuni Abxaziyada qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan vatanga qaytarildi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, buning uchun “Uzbekistan Airways” AJ charter reysni amalga oshirgan.

Avvalroq, 9-oktyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maxsus poyezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar hamyurtlarimizdan iborat birinchi guruh vatanga qaytarilgan edi.

Ayni paytda Oʻzbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida boʻlib, Abxaziyadagi vatandoshlar bilan bogʻliq vaziyatni nazorat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya  hududi orqali Abxaziyada qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga olib kelishni tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Vazirlik koronavirus pandemiyasi paytida fuqarolarning bir joyda toʻplanishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshirishini eslatgan.

“Xorjiy mamlakatlar hududidagi vatandoshlarimizdan ommamiy toʻplanmaslik, barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilish hamda oʻzlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qoʻymasliklarini yana bir bor soʻraymiz”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular