19:01 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
698 0 0

Bir guruh olimlar jismoniy mehnat turi va aqli zaiflik rivojlanishi oʻrtasidagi bogʻliqni aniqlashdi. Bunday xulosalar 1970 yildan boshlab 4 721 erkakni kuzatish natijasida olingan.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Daniyalik olimlar jismoniy mehnat turi va aqli zaiflik rivojlanishi oʻrtasidagi bogʻliqni aniqlashdi. Mutaxassislarning tadqiqot natijalari “Medicine & Science in Sports” jurnalida chop qilingan.

Olimlar ogʻir ish va sport bilan shugʻullanish inson sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatishi mumkinligini aniqlashgan. Taʼkidlanishicha, meʼyoridagi yuklamalar va mashqlar foydalidir. Shu bilan birga olimlar maʼlumotlariga koʻra, ogʻir jismoniy mehnat ichki organlarning, jumladan, miyaning ishdan chiqishiga olib keladi.

Mutaxassislar ogʻir mehnat aqli zaiflik rivojlanishi xavfini 55 foizga oshirishi haqidagi fikrga kelishgan.

Bunday xulosalar 1970 yildan boshlab 4 721 erkakni kuzatish natijasida olingan.

Olimlarning f ikriga koʻra, tadqiqot natijalari ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchi xodimlar oʻrtasida aqli zaiflikning oldini olish masalasida ish beruvchilarning diqqatini jalb qilishi zarur.

Asosiy mavzular