Yodgor Sa’diyev milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi

© press-slujba Ministerstva kulturi UzbekistanaYodgor Sa’diyev stal novim direktorom Uzbekskogo natsionalnogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra
Yodgor Sa’diyev stal novim direktorom Uzbekskogo natsionalnogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozodbek Nazarbekov Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Teatrda jamoasi bilan yig‘ilish Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Yodgor Sa’diyev  O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

Yodgor Sa’diyev 1946-yilda Toshkentda tavallud topgan. 1989-yili Davlat mukofoti, 1990-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1998-yili “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, 2005-yili “Mehnat shuhrati” ordeni, 2016-yili “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni, 2018-yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan bilan taqdirlangan.

1971-1987 yillarda O‘zbek davlat akademik drama teatri aktori sifatida faoliyat olib borgan. 1987-1992 yillarda O‘zbek davlat drama teatrida ijod qilgan.

1992-1998 yillarda yana O‘zbek davlat akademik drama teatrida ishladi. 1998-2012 yillarda “Qalqon” kinostudiyasi badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

2012 yildan buyon yana O‘zbek milliy akademik drama teatrida aktor sifatida ishlab kelmoqda.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Yodgor Sa’diyev 20ga yaqin filmlarda takrorlanmas rollar ijro etib, "Shaytanat" va "Iblis devori" kabi badiiy asarlarda rejissorlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, teatr direktori lavozimida ishlab kelayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov joriy yilning 30-avgust kuni koronavirus sabab vafot etgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0