O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGostinitsa "Uzbekistan" v sentre Tashkenta
Gostinitsa Uzbekistan v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Gallup” Xalqaro tadqiqot instituti reytingida O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari o‘ntaligiga kiritildi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. “Gallup” Xalqaro tadqiqot instituti “Global qonun va tartib” bo‘yicha yillik butunjahon reytingini e’lon qildi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari o‘ntaligiga kiritilgan. Mamlakat 100 dan 92 ball to‘plagan.

© Mejdunarodniy issledovatelskiy institut Gallup'sVsemirniy indeks zakona i poradka
O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi - Sputnik O‘zbekiston
Vsemirniy indeks zakona i poradka

Islandiya, Quvayt, Norvegiya, Avstriya, Shveysariya va Birlashgan Arab Amirliklari ham kuchli o‘nlikka kirgan.

Birinchi o‘rinni 97 ball bilan Singapur egallagan bo‘lsa, Turkmaniston (97) ikkinchi, Xitoy esa (94) uchinchi pog‘onadan o‘rin olgan. So‘nggi o‘rinni 43 ball bilan Afg‘oniston band qilgan.

Ta’kidlanishicha, Singapur bir necha yillardan beri ushbu reytingda yetakchilik qilmoqda. Afg‘oniston esa ketma-ket ikkinchi yil oxirgi o‘rinda qayd etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0