19:34 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1289)
441 0 0

Sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 66 392 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

© AP Photo / Michael Probst

Bir sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 66 392 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 72 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 135 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 63 581 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 250 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 561 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Abxaziyadan qaytgan fuqarolar

28 oktyabr kuni Abxaziyada qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan vatanga qaytarildi.

Umra ziyorati

Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabr kunidan eʼtiboran, xorijiy ziyoratchilarga umra qilishi uchun ruxsat berilgani mazmunida tarqalgan xabarga oydinlik kiritdi.

Endilikda, Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi oʻzining rasmiy internet nashrlari orqali taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, Umra ziyorati toʻrt bosqichda, Saudiya Arabistoni Podshohligi Sogʻliqni saqlash vazirligi taklif va tavsiyalari asosida qayta tashkil etilmoqda.

Bugunga qadar umra tadbirlari 2 ta bosqichda qayta yoʻlga qoʻyildi. Shu yilning 4 oktyabrdan birinchi va 18 oktyabrdan ikkinchi bosqichlar boshlandi. Hozirga kelib kunlik ziyoratchilar soni 15 mingtani tashkil etmoqda.

Test bot

Endi "COVID-19" boʻyicha test natijalarini Telegram-bot orqali olish mumkin.

"COVID-19" uchun PZR testi natijalarini tezda olinishini taʼminlash maqsadida @coronavirustest_testingbot maxsus Telegram-bot yaratildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 44,8 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,7 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (9,1 mln), Hindistonda (8,0 mln), Braziliyada (5,5 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1289)

Asosiy mavzular