15:11 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
42210

Samarqand shahridan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1083 kilometrida yangi monolit yoʻl oʻtkazgichi qurilmoqda. Loyihaga koʻra, yoʻl oʻtkazgichning balandligi 5,5, uzunligi 110, kengligi esa 28,9 metrni tashkil etadi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Samarqand shahridan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1083 kilometrida yangi monolit yoʻl oʻtkazgichi qurilmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi yoʻl oʻtkazgich “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Koʻprikqurilishloyiha” unitar korxonasi hamda Rossiyaning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan loyiha asosida barpo qilinmoqda.

Loyihaga koʻra, yoʻl oʻtkazgichning balandligi 5,5, uzunligi 110, kengligi esa 28,9 metrni tashkil etadi.

Ushbu yoʻl oʻtkazgich foydalanishga topshirilga,  bir soatda qariyb 600 ga yaqin, bir sutkada esa 14 mingta avtomobilni oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.

Taʼkidlanishicha, mazkur inshootni bunyod etishdan koʻzlangan maqsad Samarqand shahrida transport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda yangi qurilayotgan “Samarkand city” hududiga keladigan sayyohlar va fuqarolarga qulaylik yaratishdir. 

Asosiy mavzular