14:17 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
362 0 0

Kunduz kuni uch ayol birovning xonadoniga kirib, 56 million 100 ming soʻmlik tilla taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketishgan

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Uchkoʻprik tumanida xonadondan 56,1 million soʻmlik tilla-taqinchoqlarni oʻgʻirlagan ayollar aniqlandi, deb xabar beradi Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi qishloqlarning birida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 17 oktyabr kuni kunduzi nomaʼlum shaxs uyiga kirib, yotoqxonasidagi javondan qiymati 56 million 100 ming soʻmlik tilla taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "b,g" bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.SH., H.N., va M.M. ismli ayollar sodir etganligi aniqlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Asosiy mavzular