14:23 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
512 0 0

Oʻgʻrilar ayolning orqasidan borib unga kuch ishlatib, majburan "Nexia-2" avtomashinasiga mindirib, Qonlikoʻl tumani Boʻston OFYda joylashgan uyiga olib borishigan.

TOSHKENT, 30 - Sputnik. Nikohga kirish uchun majburan oʻgʻirlangan ayol IIBga murojaat qildi, holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hodisa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumanida 13 oktyabr kuni sodir boʻlgan.

Kechga tomon 30 yoshli D.YE., tanishlari 29 yoshli R.J. va 30 yoshli P.B.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib, 24 yoshli ayol - G.S.ni uning erkiga xilof ravishda oʻgʻirlab ketishgan.

Oʻgʻrilar ayolning orqasidan borib unga kuch ishlatib, majburan "Nexia-2" avtomashinasiga mindirib, Qonlikoʻl tumani Boʻston OFYda joylashgan uyiga olib borishigan.

Oʻgʻirlashdan maqsad G.S.,ni D.YE., bilan nikohlash boʻlgan.

Holat yuzasidan G.S., tuman IIB boshligʻiga ariza bilan murojaat qilgan. Hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi xodimlari chiqib koʻzdan kechirish va boshqa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini oʻtkazishgan. D.YE.,ning nomida boʻlgan “Nexia-2” rusumli avtomashina daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda muhrlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qanlikoʻl tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib bormoqda.

Asosiy mavzular